«Real» klubi o'z yarim himoyachisi Garet Beylni sotib yuborishga qaror qildi. Uelslik futbolchi uchun 100 million evro atrofida pul to'laydigan xaridor topilsa, madridliklar uni ushlab o'tirishmaydi.
Bu orqali "Qirollik klubi" Beylni "Tottenxem"dan sotib olish paytida qilgan xarajatni qoplab olishni ko'zlamoqda. Garet 2013 yilda «Real» a'zosiga aylangandi. Futbolchi uchun bosh da'vogar «Manchester Yunayted» hisoblanmoqda.
Yarim himoyachi oktyabr oyi boshida jarohat olib, bir oyga safdan chiqdi. Beyl Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 5ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golga uzatma berdi.