"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele 2003 yili jamoadan ketgani haqida gapirdi.
"Real" — dunyoning eng yaxshi jamoasi, ularga teng keladigan yo'q. Men hech qachon jamoani tark etishni istamaganman. Har doim sovrin yutadigan klubni nima uchun tark etishim kerak?
Shunchaki, og'ir vaziyatlar bo'ldi va jamoada qolmasligim kerakligini sezdim. Oqibatda "Chelsi"ga o'tdim. Biroq "Real" menga ko'p narsalarni berdi", — deydi Makelele.