"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoani tark etmoqchi.
26 yoshli futbolchi yangi shaharga moslashib keta olmadi. Kolumbiyalik futbolchi ob-havo, nemis tili va boshqacha yo'nalishdagi mashg'ulotlarga ko'nika olmadi. Karlo Anchelotti iste'foga chiqarilganidan keyin Xamesni "Bavariya"da ushlab turadigan hech narsa yoki hech kim qolmadi.
Hozirda Rodriges etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashishga majbur. Yuqori raqobat tufayli Xames yozda "Real"ni tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, Xames Rodriges "Real" "Bavariya"ga 2 yilga ijaraga berilgandi. Myunxenliklar futbolchining talabiga ko'ra uning transfer huquqini sotib olmasligi mumkin. Futbolchi imkon qadar tezroq "Madrid"ga qaytishni istamoqda. Katta ehtimol bilan u 2018 yilning yozida "Bavariya"dan ketadi.