Kecha, La Liga doirasidagi "Valensiya" - "Real" qoldirilgan uchrashuvini (1:2) boshqarib borgan Sesar Soto Grado o'yin protokolida Vinisiusning qizil kartochkasiga shunday izoh bergan:
"79-daqiqada 7 raqamli futbolchi Vinisius Jose de Oliveyra Do Nasimiento to'psiz vaziyatda, o'z xohishiga ko'ra, raqib darvozabonning boshiga zarba bergani sabab maydondan chetlatildi.
Maydondan chetlatilganidan keyin, yuqorida nomi keltirilgan futbolchi, o'z jamoadoshlari aralashuvidan keyin ajratildi va kiyim almashtirish xonasiga qarshiliklar ko'rsatib yo'l oldi".
Hakam yozgan gaplar jiddiy, bu gaplarni Ispaniya futbol federatsiyasi qanday talqin qilishi diskvalifikatsiya muddatini aniqlab beradi.