Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyasini kuchaytirish uchun Trent Aleksandr-Arnolddan boshqa variantlarni ko'rib chiqmayapti. Klubning rejasi faqat ingliz futbolchisi bilan shartnoma imzolash. Bu haqda «Marca» nashri xabar berdi.
Avvalroq "Real" qishda Trentning transferi uchun 15 million evro to'lashga tayyor ekanligi ma'lum bo'lgandi. Ingliz grandi o'z etakchisini qo'yib yubormasligini ma'lum qildi.