Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xese Rodriges: «Shubhasiz, «Real»ga etadigani yo'q»

Ayni payt Malayziyada «Johor Darul Tazim» sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli Xese Rodriges faoliyatining boshlang'ich qismida kelajagi porloq iqtidor sifatida ko'zga tashlangan edi.

.
- Yuklab olish

Ayni payt Malayziyada «Johor Darul Tazim» sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli Xese Rodriges faoliyatining boshlang'ich qismida kelajagi porloq iqtidor sifatida ko'zga tashlangan edi.

Biroq ketma-ket jarohatlar ispaniyalik vingerga yuqori darajada to'p surish imkonini bermadi. Evropadagi qo'nimsizlikdan keyin Osiyo futboliga yuzlangan Xese yaqinda Mowlihawk kanali tomonidan uyushtirilgan intervyuda barchasini birrov yodga oldi.

- Xese, Marca nashri vaqtida sizni «Real» akademiyasining so'nggi yillardagi eng yaxshi tarbiyalanuvchisi sifatida ta'riflab, iqtidor bo'yicha Neymar va Ronaldudan qolishmasligingizni yozgandi...

- Ha, professional faoliya­tim zo'r boshlandi: «Kas­tilya»dagi 2 mavsumdan so'ng «Real»ning asosiy jamoasiga jalb etmoqchi bo'lishdi. Lekin murabbiylar klub prezidenti Florentino Peresdan meni yana 1-2 yil ikkinchi jamoada qoldirishni so'rashdi. Shu tariqa mavsum-2012|2013da «Kas­tilya» uchun Segundada 22ta gol urdim va bu bilan Emilio Butrageno rekordini yangiladim. Keyin...

- ... Keyin, 2012 yilning bahorida «MYu» sizni o'z tarkibida ko'rmoqchi bo'ldi...

- Shunday. Ammo o'sha vaqtdagi bosh murabbiy Joze Mou­-rino meni qo'yib yuborishni istamadi, aksincha, «Real»ning mavsumoldi yig'iniga jalb etdi. Tabiiyki, buni xursandchilik bilan qabul qildim. Xitoyda o'tkazilgan nazorat o'yinida di Mariya uzatmasidan keyin gol ham urdim. O'shanda 18 yoshli yigit edim. Esimda, jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu zaxirada qolgan va aynan mening o'rnimga maydonga tushgandi: xotiraga muhrlangan qoyilmaqom debyut.

- Biroq keyingi yili ishlaringiz birdan orqa ketdi...

- 2013 yilning iyul oyida «Real» bilan 4 yilga mo'ljallangan yangi shartnoma tuzdik. ChL 1|8 finalidan o'rin olgan «Shalke»ga qarshi javob uchrashuvida esa tizzamdan jiddiy jarohatlanib, uzoq muddatga safdan chiqdim. Ayni shu ko'ngilsizlik nafaqat faoliya­tim, balki hayotimni ham tubdan o'zgartirib yubordi. Shu-shu men uchun og'ir kunlar boshlandi, o'z salohiyatimga ishonch hissi pasaydi. Vaholanki, jarohatdan oldin hamma bilan yuqori darajada raqobatlasha olishimga shubhalanmasdim. Axir yosh edim va dunyoning eng yaxshi klubida o'ynardim. Florentino Peres keyinchalik meni jarrohlik amaliyoti uchun Germaniyaga yubordi. Baxtga qarshi, u erda infektsiya yuqtirib oldim. Muhimi, sog'ayish uchun o'zimda kuch topdim, biroq endigina barchasini engib, mashg'ulotlarga qaytganimda, mavsum nihoyasiga etdi...

- 2016 yili «Real» bilan ChLda ikkinchi marta g'olib chiqdingiz, jumladan, 1|8 final o'yinida «Roma» darvozasini nishonga olgandingiz. Ammo yakunda jamoadan ketdingiz. Nega?

- Ha, «Madrid»da qolishim mumkin edi, ammo Ispaniyada etarli amaliyotga ega bo'lmayotgandim, qolaversa, «PSJ» birdaniga 5 yillik shartnoma taklif etdi. Parijga yo'l olishimda, jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri ham katta rol o'ynagandi. Shuningdek, Evropa chempionatigacha sport formasini tiklab, Ispaniya termasiga qaytishni o'yladim. Binobarin, Braziliya-2024 mundialida qatnashishim deyarli aniq bo'lgan pallada jarohat tufayli chetda qolib ketgandim. «PSJ»dagi debyut ham yomon chiqmadi - ilk o'yinda assist. Biroq yanvar oyiga kelib, shartnomani bekor qilishdi. Shunda Emeriga o'zimni aldangandek his qilganimni ochiq aytdim, klub prezidenti Nosir al Xelayfi esa ko'rishishni ham istamadi. To'g'ri, Parijda juda ko'p pul ishladim, faqat yomon munosabat dilimni xira qildi. Ayni o'sha vaqt «Real» dunyo bo'yicha eng yaxshi klub ekanligini to'liq angladim.

- Faoliyatingiz davomida bir qator tan olingan murabbiylar qo'l ostida ishladingiz. Ulardan kimlarni alohida e'tirof etasiz?

- Avvalo, Anchelottini. Deylik, u jarohatdan qaytanimda transferi 120 million evroga tushgan Garet Beylni zaxirada qoldirib, meni maydonga tushirgandi. Boshqa biror murabbiy bunday qilolmasdi, menimcha. Shuning­-dek, Joze Mourinoni aql bovar qilmas murabbiy va buyuk strateg sifatida eslayman. Ba'zida jizzaki fe'li tufayli futbolchilar bilan ziddiyatga borsada, o'rtada hurmatsizlik bo'lmasdi. Joze gohida o'z aybini tan olib, kechirim so'rashni ham bilardi. 

- «PSJ»da Kilian Mbappe bilan birga to'p surgandingiz. Uning «Real»dagi istiqbolini qanday ko'ryapsiz?

- Parij klubidan ketayotganimda ham, Kilian mendan «Real» haqida so'radi. Shunda agar «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni istasa, aynan «Madrid»­ni tanlashi kerakligini aytdim. Demak, uning jamoada muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman. 

- Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslanishlar haqida yana nima deya olasiz?

Krish bilan qaysidir jihatlarda o'xshash edik, ammo matbuot oshirib yubordi. Albatta, uning ortidan borishni xohlardim. Shuningdek, biznesga jiddiy munosabatini ko'rib, hurmatim yanada ortgandi. Krishtianu ba'zan men va Serxio Ramosni kechki ovqatga taklif etardi. O'shanda juda yosh edim, kuchga to'la navqiron yigitligimni his qilgan holda, o'ylardim: «Agar shunday davom etsam, albatta, «Oltin to'p» yutaman». Ronaldu bir safar «Oltin to'p»ni bazaga olib keldi va mendan so'radi: «Sen ham bunga ega chiqishni istaysanmi?» Tabiiyki, dadil javob berdim: «Albatta!» Krish shunda yaxshigina motivatsiya bag'ishladi: «Qoyil. Eng to'g'ri munosabat shu». Qisqasi, Ronaldu - har tomonlama kuchli shaxs! 

Manba: fondoruso.ru, M.PO'LATOV tayyorladi

BestMaster
1 Yanvar 2025, 10:30
rodriges, «shubhasiz, «real»ga, etadigani, yoq»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads