Madridning "Real" klubi "Real Sosedad" himoyachisi Alvaro Odriosolaga qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli o'ng qanot himoyachisi qishdayoq Madridga ko'chib o'tishi mumkin. Odriosolaning o'z jamoasi bilan tuzgan shartnomasida 40 million evro miqdorida badal puli ko'rsatilgan. Shu bois, "Real" Alvaro uchun shuncha summa to'lashi kerak bo'ladi. Futbolchining "Sosedad" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Himoyachi yaqinda Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi. Odriasola "Real Sosedad"ning boshlang'ich tarkibida debyut qilganiga hali bir yil bo'lmagan bo'lsa-da, u terma jamoa bilan JCh-2018da ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, "Real"ning o'ng qanot himoyachisi Karvaxal kamida 2 oy davomida maydonga tusha olmaydi.