Taniqli insayder Fabritsio Romano Trent Aleksandr-Arnold "Liverpul"ni "Real"ga almashtirishga tayyorligi haqidagi xabarlarga javob qaytardi.
Yaqinda ispan matbuoti "qizillar"ning o'ng qanot himoyachisi kelasi yozda "Real"ga o'tish qarori haqida o'z klubi rahbariyatini xabardor qilgani haqida xabar tarqatdi. Romanoning so'zlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Madrid grandi bilan hech narsaga rozi bo'lmagan, shuningdek, "Liverpul"ni o'z tanlovi haqida xabardor qilmagan. Angliyalik futbolchining kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
"Liverpul" Trent Alexandr-Arnold bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Amaldagi kelishuv 2025 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.