Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Italiya futboliga qiziqayotganini tan oldi.
"Lukaku mening do'stim, men uni 14 yoshimdan beri bilaman. Menimcha, u hozirda Antonio Konte bilan “Napoli”da yaxshi ishlayapti. “Atalanta”da yaxshi o'yin ko'rsatayotgan Sharl de Ketelareni ham aytib o'tmoqchiman. A Seriyani ko'p kuzatib boraman.
Masalan, Sesk Fabregasda o'ynayotgan Niko Paz o'yinlarini ko'raman. Bu o'sishda davom etayotgan ajoyib liga. Menga A Seriya juda yoqadi", - dedi darvozabon.
Ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalini yaqinda Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda “Real”ga mag'lub bo'lgan (2:3) “Atalanta” boshqarib turibdi.