Din Xeysen faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
Madridliklar "Bornmut" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi AS. Ispaniya klubi 19 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda, biroq uning Premer-ligadagi o'yinlari tufayli qiziqishni kuchaytirgan.
“Real”ni boshqa jihatlar qatorida Xeysenning Ispaniya yoshlar terma jamoasida o'ynashi ham o'ziga tortadi.
Biroq Madridda bu transferga shubha bor. "Real" Xeysen darhol asosiy tarkib futbolchisi bo'lishiga ishonchi komil emas.