"Inter"ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko "Real" yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin, deb yozadi «FCInterNews».
Madrid klubi birinchi navbatda "Bavariya"dan Alfonso Devis, ikkinchi o'rinda "Milan"dan Teo Ernandes va "Inter"dan Dimarkoning transferiga qiziqish bildirmoqda. Hammasi Devisning Myunxenda qolishi yoki ketishi haqidagi qaroriga bog'liq, shuning uchun hozircha aniq muzokaralar yo'q.
Federikoga "Real"dan tashqari "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim 27 yoshli italiyalikni birinchi tanlov deb hisoblamoqda, biroq "Inter" futbolchini sotish imkoniyatini o'ylab ham ko'rmayapti.
O'z navbatida, "Inter" akademiyasi mahsuli bo'lgan Dimarko o'zi etakchi va ramzi bo'lgan sevimli jamoasida qolishni istaydi.
Dimarko joriy mavsumda klub va terma jamoa safida 25 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.