Madridning “Real” o'z yarim himoyasini kuchaytirish uchun yangi nomzod haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa "qirollik klubi" "Real Sosedad"dan Martin Subimendini o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar beradi Defensa Central.
“Los-Blankos” rahbariyati va murabbiylar shtabi ispaniyalik futbolchini Toni Kroosning o'rniga ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Real Madrid" Subimendi Kroosning pozitsiyasiga to'liq mos kelishiga ishonmoqda.
"Sosedad" yulduzining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.