Futbol tadqiqotlari markazi 2024 yilda butun dunyo bo'ylab milliy ligalar va jamoalar uchun eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar reytingini e'lon qildi. O'zbekistonlik futbolchilarning natijalari qanday?
Umumiy reyting
Maydonda o'tkazgan vaqt bo'yicha etakchi «Barselona» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde bo'ldi. 2024 yil boshidan 15 dekabrga qadar u 69 uchrashuvda qatnashib, 5872 daqiqa maydonda o'tkazdi.
Kuchli uchlikka, shuningdek, Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi va Braziliyaning «Fluminense» klubi futbolchisi Jon Arias (67 o'yin, 5599 daqiqa) hamda «Real» va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde (66 o'yin, 5573 daqiqa) kirdi.
O'zbekistonlik legionerlar orasida rekord
Xorij klublarida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilar orasida o'yinlar soni bo'yicha TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev etakchi bo'ldi. Rossiya Premer-ligasi vakili bo'lgan 21 yoshli futbolchi 2024 yilda ushbu chempionatda o'yinchilar orasida rekordchiga aylandi. Fayzullaev 58 uchrashuvda maydonga tushib, 3942 daqiqa harakat qildi.
Bu ko'rsatkich uning TsSKA, shuningdek, O'zbekiston milliy va U-23 terma jamoalaridagi o'yinlaridan iborat.
O'zbekiston Superligasi natijalari
Mutaxassislar O'zbekiston Superligasi futbolchilari reytingini ham e'lon qildi. «Navbahor» yarim himoyachisi Odilbek Hamrobekov bu borada peshqadam bo'ldi. Tajribali futbolchi nafaqat o'z klubida faol o'ynadi, balki O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarida ham qatnashdi. Yil davomida Hamrobekov 47 ta o'yin o'tkazdi va 4114 daqiqa o'ynadi - bu ligadagi barcha futbolchilardan ko'p.
Superliga peshqadamlari uchligidan O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi va «Nasaf» futbolchisi Sherzod Nasrullaev (41 o'yin, 3462 daqiqa) va «Navbahor» futbolchisi Farruh Sayfiev (40 o'yin, 3435 daqiqa) ham joy oldi.