"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis "Real"ning transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.
"Qaymoqranglilar" uzoq vaqtdan beri kanadalik futbolchi uchun asosiy da'vogarlar hisoblanib kelishgan, biroq so'nggi paytlarda u Angliya klublari - "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal"ga o'tishga ko'proq qiziqish bildirmoqda. Relevo xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi hali ham Devisni o'z safiga jalb qilishga va uni sotib olish ustida ishlashda davom etishga umid qilmoqda. 24 yoshli futbolchi agar "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa, joriy mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tishi mumkin bo'ladi.
Alfonso Devis myunxenliklar safida bu mavsumda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.