"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde yana uzoq masofadan gol urdi.
Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi jarima maydoni tashqarisidan muntazam raqiblari darvozasiga to'p kiritib kelmoqda. Bunday vaqea kecha La Liganing "Sevilya"ga qarshi o'yinida ham sodir bo'ldi.
Uchrashuv yakunlangach, Jud Bellingem ijtimoiy tarmoqlarda jamoadoshining postiga izoh berdi: "Oddiy gol kiriting," - deb yozdi ingliz.