Yozgi transferdan so'ng vinger Niko Uilyams klubini o'zgartirmadi - futbolchi o'z klubi "Atletik Bilbao"da o'ynashda davom etmoqda. Uilyams transfer mish-mishlari mavzusi bo'lib qolmoqda, u nafaqat "Barselona" bilan, balki boshqa gigantlar, jumladan "Real Madrid" va "PSJ" bilan ham bog'langan.
"Transfer News Live" nashrining jurnalist Toni Xuanmartiga tayanib xabar berishicha, Uilyamsning o'zi "Barselona"ga o'tmoqchi.
"Barselona" kelasi yili Uilyamsni sotib olishi aniq. Ammo ko'p narsa moliyaviy ahvolga bog'liq bo'lishi mumkin - kataloniyaliklar hali ham qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda.
Avvalroq matbuot 22 yoshli Niko Uilyamsning shartnomasida 60 million evroga sotib olish varianti borligi haqida yozgan edi.