Lukas Vaskes "Real Madrid"ning FIFA qit'alararo kubogi finalidagi g'alabasi haqida gapirdi.
Madridliklar “Pachuka” ustidan g'alaba qozondi (3:0) va kubokni qo'lga kiritdi.
"Biz yana bir bor isbotladikki, bizning ambitsiyamiz o'zgarmagan va biz sovrinlarga juda o'chmiz.
Hech qachon o'zimizga shubha qilmaymiz, biz bir jamoamiz va hamma narsa uchun kurashamiz. Oxirgi bir necha o'yinlarda yaxshilandik, jamoa allaqachon boshqacha tuyg'u uyg'otmoqda.
Maydonda o'ynab, jamoaga yordam bera olganimdan juda xursandman. Ko'p yillardan beri shu erdaman, tanqid meni unchalik bezovta qilmaydi. Men o'ynagan har bir o'yinimni tahlil qiladigan va qilayotgan ishimizni biladigan odamlar bilan ishlayman”, - deydi “Real” himoyachisi.