"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sovrinlarni yutish uchun eng yaxshi joyda ekanligiga ishonmoqda.
Chorshanba kuni italiyalik "Los-Blankos" bilan Qit'alararo kubokda g'alaba qozondi. Finalda "Pachuka"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu mutaxassisning "Real Madrid" boshqaruvidagi 15-kubogi bo'ldi.
“Men halol bo'lishni xohlayman. "Real Madrid"da sovrinlarni yutish boshqa joyga qaraganda osonroq. Jamoamizda dunyoning eng zo'r futbolchilari bor va muxlislar bizni doim qo'llab-quvvatlashadi. Lekin sovrinlarni qo'lga kiritish har qanday holatda ham oson emas", - dedi 2024 yilda “Real” bilan beshta kubokni qo'lga kiritgan Anchelotti.