Kilian Mbappe "Real" bilan qit'alararo kubokda g'olib chiqqani haqida fikr bildirdi.
Turnir finalida Madrid klubi Qatardagi "Lusail" stadionida Meksikaning "Pachuka" klubini mag'lub etdi (3:0).
"Qit'alararo kubok Madridga qaytdi. Mavsumning ikkinchi sovrini.
"Bu safar "Lusail" stadionida g'alaba qozondim..." - deb yozadi "Real" hujumchisi.
"Lusail" stadionida JCh-2022 finali bo'lib o'tgandi, unda Mbappe Frantsiya terma jamoasi tarkibida Argentinaga mag'lub bo'ldi (penaltilar seriyasida 3:3, 2:4).