Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Lewandowski JCH-2018 kvalifikatsiya bosqichida Chernogoriya terma jamoasi darvozasiga bitta gol kiritishga muvoffaq bo'ldi.
Bu bilan 29 yoshli hujumchi jahon chempionati saralash uchrashuvlarida 10 o'yinda 16 ta to'p kiritib yana bir rekordni yangiladi. Oldinroq (payshanba kuni) Robert birinchi 15 ta to'p kiritib mutloq rekordchiga aylangan edi. Lekin bu natijani Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu oradan 2 kun o'tib takrorladi (15 ta gol bilan).
Endilikda Ronaldu so'nggi turda Shvetsariya terma jamoasi darvozasiga 2 ta to'p kiritsa mutloq rekordchiga aylanadi, bitta to'p kiritsa natijani takrorlaydi.
Hozirgacha jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan davlatlar: