Vinisius Junior «Rayo Valekano» muxlislariga jamoasini La Ligadan chiqib ketishini tiladi.
Kecha La Liganing 17-turida «Real» va «Rayo Valekano» 3:3 hisobida durang o'ynadi. Vinicius 2-taymda zaxiradan maydonga tushdi va hakam bilan tortishuvlari uchun sariq kartochka oldi.
Yakuniy hushtakdan so'ng, Vinisius «Kampo de Valekas» tribuna ostidagi kiyim almashtirish xonasiga ketayotib, «Rayo Valekano» muxlislarining norozi hayqiriqlariga javob berdi. Braziliyalik tribunaga qarata ikki barmog'i va harakat ishorasi bilan pastga ishora qildida: «Segunduga», dedi.
Eslatib o'tamiz, Vinisius keyingi turda «Sevilya» bilan o'yinni sariq kartochkalar ko'payib ketganligi sababli o'tkazib yuboradi.