"Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Angliyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi - u yozda erkin agent sifatida ketishi mumkin bo'ladi. Transfer News Live'ning xabar berishicha, "Liverpul" 26 yoshli futbolchi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortsa, yanvarda uning sotilishini ma'qullashi mumkin. "Qizillar" yulduz tarbiyalanuvchisi uchun 30 million evro so'rashadi.
Faoliyatining boshidan buyon "Liverpul"da o'ynab kelayotgan Trent Aleksandr-Arnoldga "Real" qiziqish bildirmoqda. "Los-blankos" futbolchini yanvar oyida sotib olishga tayyormi yoki yo'qmi, hozircha aniq emas.