"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda (3:3) qayd etilgan durang haqida fikr bildirdi.
"Bugungi durang "Las-Palmas" va "Malorka" kabi yomon emas. Bizda hammasi joyida, biz bu oqshom munosib o'ynadik va men to'g'ri yo'lda ekanligimizga ishonaman. O'tgan mavsumda ham bu erda g'alaba qozona olmagan bo'lsak-da, yakunda chempionlikka erishdik. Men 2025 yil biz uchun ajoyib bo'lishiga ishonaman, garchi adashishim mumkin bo'lsa ham", - dedi Anchelotti o'yindan keyingi suhbatda.