"Real Madrid" Ispaniya chempionatidagi so'nggi uchta o'yinning ikkitasida ochko yo'qotdi.
Bugun madridliklar 18-turda "Rayo Valekano" bilan durang o'ynadi – 3:3. 7 dekabr kuni "Jirona"ni mag'lub etishdi (3:0), 4-da esa "Atletik"ga mag'lub bo'lishdi (1:2).
La Ligadagi 17 o'yindan so'ng amaldagi Ispaniya chempioni hisobida 37 ochko bor. Ular "Barselona"dan bir ochko ortda, "Atletiko"dan ikki ochko ko'p to'plagan holda, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi (Diego Simeone shogirdlarida zaxira o'yini bor).
Keyingi turda "Real" o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi - bu 22 dekabr kuni sodir bo'ladi.