Kilian Mbappe "PSJ"dan 55 million evro undirishda davom etmoqda.
Futbolchining fikricha, klub maosh va bonuslar bo'yicha qarzini to'lashi kerak. Parijliklar bunga rozi emas - ular Mbappe erkin agent sifatida ketganidan keyin hech narsa to'lamasliklari kerak deb hisoblaydilar.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, Frantsiya Professional Futbol Ligasi (LFP) Mbappening "PSJ"ning qarzi bo'yicha so'nggi murojaatini rad etdi. Gap shundaki, klub avvalroq Parij sudiga LFPga qarshi da'vo arizasi bilan chiqqan edi. Ushbu faktni inobatga olgan holda, LFP intizom qo'mitasi Mbappening yangi murojaatini qabul qilib bo'lmas deb hisoblaydi.
Ilgari LFP "PSJ"ni Mbappening qarzini to'lashga majbur qilgandi, ammo klub o'z pozitsiyasida turibdi.