Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe seshanba kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida «Atalanta»ga qarshi o'yinda jarohat olib, almashtirildi.
Frantsuz futbolchisi son qismidan jarohat olishdan oldin gol urishga muvaffaq bo'ldi. «Marca» xabariga ko'ra, Mbappe payshanba kuni tushdan keyin tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng 25 yoshli futbolchiga shifokorlar tashxisi qo'yiladi.
Katta ehtimol bilan Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining shanba kuni bo'lib o'tadigan «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinida «Real» safida maydonga tusha olmaydi.