Taniqli italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti o'zining «Real» va «Bavariya» ketish sabablarini taqqosladi.
«Mening ishga bo'lgan munosabatim to'g'rimi yoki yo'qmi, bilmadim. «Real»ni tark etayotganimda, menga o'yinchilar bilan haddan tashqari yaqin bo'lganimni aytishgandi, «Bavariya» iste'foga chiqarganda esa men futbolchilar bilan yomon munosabatda bo'lganimni aytishdi. Ammo men insonlar bilan muloqotda bo'lishni yaxshi ko'raman.
Men hamon har kuni ishlashni va mashg'ulotni o'tkazishni istayman. Shu bois, hozircha terma jamoada ishlash haqida o'ylamayapman. Har kuni ishlashni istamay qolsam, o'shanda Italiya terma jamoasini boshqarishim mumkin», — dedi Anchelotti.