Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasida “Atalanta” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:2) intervyu berdi.
"Bu g'alabadan keyin o'zimizni engil his qildik. Bugun ochko olish juda muhim edi. O'yin juda qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ustunlikni himoya qilishimiz kerak edi, ammo biz ajoyib ish qildik" - dedi Bellingem UEFA rasmiy saytiga.