Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti umumiy bosqich natijalariga ko'ra jamoaning Chempionlar ligasining 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatlariga baho berdi.
Seshanba kuni "Los Blankos" safarda "Atalanta" ustidan g'alaba qozondi (3:2). Olti turdan keyin La Liga grandi 9 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, 1/8 finalga faqat dastlabki sakkizta jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi.
"Eng kuchli sakkizlikka kirasizmi? Balki, lekin ishonchim komil emas. Oldinda yana ikkita o'yin bor - ikkalasida ham g'alaba qozonishimiz kerak", - dedi italiyalik murabbiy o'yindan keyin OAV bilan suhbatda.