"Bolonya" markaziy himoyachisi Sem Beukema "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Ko'ramiz, men "Bolonya" bilan o'tgan yili qilgan ishimni takrorlamoqchiman. Men bu jamoada o'ynaganimdan juda faxrlanaman va bor e'tiborimni bor kuchimni ishga solishga qaratganman.
Siz bunday xabarlarni o'qib tabassumdan boshqa narsa qilolmaysiz, lekin biz mavsum oxirida ko'ramiz, hozir men o'z klubim bilan qo'limdan kelganini qilmoqchiman", dedi himoyachi.
Sem joriy mavsumda 19 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.