Aleksis Makallister Arne Slot qo'l ostida "Liverpul"dagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
Avvalroq, “qizillar” Chempionlar ligasining 5-turida “Real”ni (2:0), APL 13-turida “Manchester Siti”ni (2:0) mag'lub etgandi.
– Arne Slot va Yurgen Klopp o'rtasidagi farq nima?
“Eng katta farq yoki biz qo'shgan narsa bu to'pga ega bo'lganimizdagi sabr. Bu hozirgi asosiy farq. Hozir bizda to'p ustidan ko'proq nazorat bor, bu bizga ko'proq golli vaziyatlar yaratish imkonini beradi.
Jamoa o'zini qulay his qilmoqda va ajoyib futbol ko'rsatmoqda, xuddi Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi va Premer-ligada "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarda bo'lgani kabi. Bu bizga ishonch bag'ishlaydi va har qanday raqib bilan bellasha olishimizni isbotlaydi.
- Ushbu ikki o'yindagi g'alabalar Premer-liga va Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun da'voga aylandimi? Negaki, bu jamoalar so'nggi yillarda "Liverpul"ning asosiy raqibi bo'lib kelgan.
- Ha, shunday. Biz so'nggi yillarda Evropada hukmronlik qilayotgan dunyoning eng yaxshi ikki jamoasiga qarshi o'ynashimizni bilardik. Nafaqat qarshilik ko'rsatish, balki g'alaba qozonish ham biz uchun qiyin bo'ldi. Biz buni eng yaxshi tarzda uddaladik va tabiiyki, “Enfild”da o'ynash biroz yordam berdi, chunki muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlashdi.
Men ikkala o'yindan, ayniqsa natijalardan mamnunman, lekin bu futbol va endi biz keyingi o'yinga e'tibor qaratishimiz kerak", - dedi "Liverpul" yarim himoyachisi.