«Tottenxem»ning ikki futbolchisi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, «Real» yozgi transfer paytida hujumchi Xarri Keyn va yarim himoyachi Dele Allini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi.
«Shporlar» o'z hujumchisiga 500 ming funt oylik maosh taklif qilib, Keynni jamoada qolishga ko'ndirishgandi. Xarri Angliya chempionatining ushbu mavsumida 7ta o'yinda maydonga tushib, ularda 6ta gol urdi. Alli esa ettita uchrashuvda ikkita gol urib, 2ta golga uzatma berdi.