"Real" hujumchisi Kilian Mbappe hech qachon ota-onasi tomonidan bosim his qilmaganini aytdi.
"Mbappe loyihasi?" Bolalar, iltimos, to'xtating. Men sizga aytamanki, "Mbappe loyihasi" yo'q. Dadam maydonda yugurishim uchun meni soat 6:30 da uyg'otmagan. Men o'zim shu yo'lni tanlaganman. Ota-onam menga hech qachon bosim o'tkazmagan", - dedi 25 yoshli futbolchi CliqueTV telekanaliga.
Kilian Mbappe "PSJ"dagi etti yillik faoliyatidan so'ng joriy mavsum boshlanishidan oldin "Real"ga o'tdi. Forvardning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar tuzilgan.