Ispaniyalik jurnalist yarim himoyachi Aurelien Tchuameni "Real Madrid"ning zaif bo'g'ini deb hisoblaydi.
"Tchuameni dahshatli edi, "Real Madrid" undan tezroq qutulishi kerak. Yarim himoyachi ko'proq baquvvat va diqqatini jamlagan bo'lishi kerak. Tchuameni Kamavinga qaytishi bilan zaxiraga o'tirishiga shubha qilmayman. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, lekin o'ylaymanki, "Real" Aurelien bo'yicha taklif tushsa, uni sotib yuboradi", - deya jurnalistdan iqtibos keltiradi Madrid Universal.
Aurelien Tchuameni joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachining shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.