"Bornmut" "Real" futbolchisi Fran Garsiyaga qiziqish bildirmoqda.
Relevo xabariga ko'ra, ingliz klubi kelasi yozda 25 yoshli chap qanot himoyachisini transfer qilishni rejalashtirmoqda. "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola allaqachon birga ishlagan Franni Angliyada ko'rmoqchi.
Ushbu o'tishni amalga oshirish uchun birinchi qadam jamoaning hozirgi chap qanot himoyachisi Milosh Kerkezni sotish bo'lishi kerak.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, klub e'tiborini "Real" himoyachisiga qaratadi. "Bornmut" Alfonso Devisning "Bavariya"dan "Real"ga transferini kutmoqda, chunki Madrid klubi o'z himoyachilaridan birini sotishni ko'rib chiqmoqda.