Hujumchi Vinisius Junior transfer mish-mishlari mavzusi bo'lib qolmoqda. «El Gol Digital» nashrining jurnalist Fransua Galyardoga tayanib xabar berishicha, yulduz braziliyalik kelasi yozda «Real»ni tark etishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Vinisiusga Evropaning ikki top-klubi «Manchester Yunayted» va «PSJ» qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga xabarda «Real» taslim bo'lishni rejalashtirmayotgani aytiladi. Madrid klubi 24 yoshli Vinisius uchun yangi shartnoma bo'yicha taklif tayyorlamoqda va uning imzolanishiga umid qilmoqda. Amaldagi kelishuv 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.