Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti vatandoshi Kilian Mbappening "Real"dagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, u Madridda juda yolg'iz. Men Bellingemning Mbappeni maydonda mensimasligini payqadim. "Real Madrid"da Kilianning do'stlari yo'qdek tuyuladi. Va u hamisha o'z faoliyatidan norozi bo'lgan matbuot tomonidan katta bosim ostida. Ha, u o'sha erda o'nta gol urdi, ammo bu quruq statistika. Mbappe hozir o'ziga o'xshamaydi", - dedi Peti.
Mbappe o'tgan yozda qirollik klubiga erkin agent sifatida o'tgan edi. Joriy mavsumda forvard 20 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.