Kilian Mbappe "Atletik" bilan o'yindagi (1:2) muvaffaqiyatsizlikdan so'ng xabar e'lon qildi.
"Real" hujumchisi ikkinchi bo'limda penaltidan foydalana olmadi. Bu uning bir yarim haftadan kamroq vaqt ichida ikkinchi marta o'tkazib yuborishi.
"Yomon natija. Har bir tafsilot muhim bo'lgan o'yinda katta xato. Buning uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmamga olaman.
Og'ir davr, ammo hozir vaziyatni o'zgartirish va o'zimning kimligimni ko'rsatish uchun eng yaxshi vaqt", - deb yozdi Mbappe.