Madridning «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCh-2018 saralashi doirasida Finlandiyaga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"To'g'ri, vaziyat fojiali darajada, ammo hammasini to'g'irlash uchun bizda imkon bor», — deydi Modrich.
Uchrashuvlar yakunlanishiga bir tur qolganida Xorvatiya 17 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. So'nggi turni xorvatlar Ukraina terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar.