"Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudga La Liga gigantlari hamon qiziqish bildirmoqda.
"Barselona" va "Real" inglizning Frantsiyadagi muvaffaqiyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb xabar beradi TBR Football. "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi uchun transfer kurashi kelasi yozdayoq boshlanishi mumkin. "Marsel" o'z yulduzi uchun taxminan 55-60 million evro so'rashi kutilmoqda.
Meyson Grinvud joriy Liga 1 musobaqasida 13 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.