Kilian Mbappe va "PSJ" o'rtasidagi bahs davom etmoqda. RMC Sport xabariga ko'ra, yulduz hujumchi Frantsiya Professional Futbol Ligasi tartib-intizom qo'mitasiga murojaat qilgan. Sud majlisi 11 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Xabaringiz bor, Mbappe "PSJ"dan 55 million evro qarzini undirmoqchi. Gap futbolchining Parijda maosh va bonuslar bo'yicha olmagan summasi haqida ketmoqda. Shu bilan birga, "PSJ" Kilianga pul to'lamasligi kerakligiga ishonch bildirmoqda, chunki u klubni erkin agent sifatida tark etgan.