Madridning “Real” klubi rasmiy saytida 2024 yil 18 fevralda bo'lib o'tgan La Liganing 25-turida “Rayo Valekano”ga qarshi o'yinda (1:1) “Los-Blankos” vingeri Vinisius Juniorni haqoratlagan voyaga etmagan muxlis jazolanishi haqida bayonot e'lon qildi.
"Real Madrid" futbol klubi “Valekas” stadionida bo'lib o'tgan “Rayo Valekano” – “Real Madrid” o'yinida Vinisius Juniorni irqiy haqorat qilgan voyaga etmagan shaxs Vinisiusdan kechirim so'rash maktubini yo'llaganini, unda o'zining xatti-harakatidan afsusda ekanligini ma'lum qiladi. Bundan tashqari, u bir yil davomida rasmiy musobaqalar o'tkaziladigan stadionlarga bora olmaydi.
U zo'ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va sportdagi murosasizlikka qarshi kurash bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan o'zining xatti-harakati uchun belgilangan jarimani to'lashi kerak bo'ladi", — deyiladi "Los Blankos" saytidagi bayonotda.