Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich Finlyandiyaga (1:1) qarshi JCh-2018 saralash o'yinidan so'ng, bosh murabbiy Ante Chachichdan norozi bo'ldi.
Ma'lumki, bu natijadan so'ng, Xorvatiya JCh-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatlarini pasaytirib yuborgandi.
"Chachich? Nima ham qilardik... U bilan saralashni boshladik, u bilan tugatishga majburmiz. Islandiyaga qarshi o'yingacha hammasi joyida edi. Endi esa hamma narsadan ajraldik. Bu achchiq haqiqat. Endi JCh yo'llanmasini qo'lga kiritish masalasi ham shubha ostida qoldi" - dedi Modrich.