«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda boshqa klubga ketishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda uning yaqinlari bilan tanish manbalar xabar bermoqda.
Ma'lumki, futbolchi yozda Ispaniya prokuraturasi tomonidan katta miqdordagi soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblangan edi. O'z navbatida qirollik klubi etakchisini himoya qilish uchun hech narsa qilmayati. Ronaldu esa bundan darg'azab bo'lgan va jamoani tark etishga qaror qilgan. Uning fikriga ko'ra, klub rahbariyati jim turmasligi va uni himoya qilishi shart.
Agar bu ish amalga oshsa, Ronaldu faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.