Karlo Anchelotti va Florentino Peres «Real»dagi vaziyatni muhokama qilishadi.
Kecha madridliklar Chempionlar ligasining 5-turida «Liverpul»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Umumiy bosqich jadvalida «Real» 6 ochko bilan 24-o'rinni egallab turibdi.
La Ligada «Los Blankos» peshqadam «Barselona»dan 4 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
«Marca» xabariga ko'ra, «Real Madrid» bosh murabbiyi va prezidenti «Xetafe» bilan o'yin oldidan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashadi. Qolaversa, klub rahbariyati Anchelottiga qanchalik ishonishi oydinlashadi - avvalroq murabbiyning pozitsiyasi hech qanday savol tug'dirmasdi.
Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis «bu vazifa qanchalik qiyin ekanini tushunib turganiga qaramay, o'zini kuchli his qilmoqda va vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirishga intiladi». U o'z futbolchilariga ishonadi.
Madridliklar jamoaning yomon natijalaridan afsusda, ammo yozgi transfer oynasida etarlicha faollik ko'rsata olmagani noto'g'ri ekanini tushuna boshladi.