Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga «Liverpul»ga (0:2) qarshi EChL 5-tur uchrashuvini yakunlay olmadi.
22 yoshli frantsiyalik futbolchi 57-daqiqada oqsoqlanib, chap oyog'ining orqa qismidagi noqulaylikni sezib, maydonni tark etdi.
«AS» xabariga ko'ra, futbolchi payshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng aniq tiklanish vaqti ma'lum bo'ladi.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.