Forbes Yevropaning eng muvaffaqiyatli futbol klubining transfer siyosati qanday o‘zgargani haqida hikoya qiladi.
Madridning “Real” jamoasi alaqachon g‘alabalari bilan superklublardan biriga aylanib ulgurgan, lekin so‘nggi yillarda bu muvaffaqiyat mutlaq bo‘lib qolmoqda. 2016-2017 mavsumda jamoa 2-bor ketma-ket chempionlar Ligasini g‘olibiga aylandi. 27 yil avval bunga “Milan” erishgan, lekin zamonaviy futbolda 2 yil ketma-ket Yevropaning asosiy sovrinini egallash bu ajoyib natija. Bundan tashqari o‘tgan mavsumda “Real” Ispaniya chempioni bo‘ldi, mamlakat Superkubogini, UEFA Superkubogi va Klublar ortasidagi jahon chempionatini yutdi.
Klubning moliyaviy ko‘rsatkichlari ham joyida, so‘nggi yillarda “Real” o‘z transfer siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Endi jamoa futbol maydonida katta xarajatlar qilib muvaffaqiyatga erishishni emas, kichik xarajatlarni ma’qul ko‘rmoqda.
Oxirgi yirik xaridni “Real” 2014-yilda 75 million yevroga kolumbiyalik Xamer Rodriges bilan amalga oshirgan, lekin 1 oy o‘tib shu pullarni Anxel Di Mariyani “Manchester Yunayted”ga sotish orqali chiqarib oladi. Shundan keyin “Real”ning transfer shartnomalari 30 million yevrodan oshmadi. Klubning byudjetini to‘ldirish uchun sotilgan o‘yinchilarning o‘rnini jamoaning akademiyasi yosh tarbiyalanuvchilari to‘ldirib borishdi.
Masalan, 2016-yilda “PSJ”ga 25 million yevro evaziga sotilgan hujumchi Xoseni “Yuventus”dan chaqirilgan Alvaro Morata egalladi. Bir yil o‘tib “Real” Moratani 62 million yevroga “Chelsi”ga sotadi va uning o‘rnini yosh Borx Mayoral band etadi.
2017-yilning yozi transferda ayniqsa o‘zgacha bo‘ldi. “Real” bor-yo‘g‘I ikkita futbolchini sotib oldi: “Atletiko”dan himoyachi Teo Ernandes va “Betis”dan yarim himoyachi Dani Sebalosni. “PSJ”, “Manchester Siti” yoki “Barselona” bilan taqqoslaganda “Real” anchayin kamxarj savdoni amalga oshirdi. Xattoki Kilian Mbappeni Monakodan Madridga kelishi haqida ga-so‘zlar ko‘p bo‘lganiga qaramay, oxir-oqibat uni “PSJ” xarid qildi.
2017-yilning yozida “Real” 124 million yevroga o‘yinchilarini sotdi. Himoyachi Daniloning “Manchester Siti”ga o‘tishi klub byudjetiga 30 million yevroni qo‘shgan bo‘lsa, Hames Rodrigesning “Bavariya”ga ijarasi “real”ni 13 million yevroga boyitdi.
Nega yulduzlarga ayamay ko‘p pul sarflagan klub, endi bunday kamxarj bo‘lib qoldi?
Haqiqiy quruvchi
2 milliardga ega qurilish biznesmeni Florentino Peres 90-yillardayoq “Real”ning prezidenti bo‘lmoqchi edi. 1994-yildagi ilk urinish omadsiz bo‘lib, biznesmen Ramon Mendosga mag‘lub bo‘lgandi. U esa o‘z o‘rnini Lorentso Santsuga bo‘shatishga majbur bo‘lgan. 2000-yilda esa yangi saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Unga Peres qat’iy tayyorlanib, saylovga klub qarzlarini to‘lash va jamoaga yulduz futbolchilarni keltirish dasturi bilan chiqadi. Shundan “gallaktika” davri boshlanib bir vaqtning o‘zida klubga Ronaldo, Bekxem, Zidam, Figu va boshqa top-futbolchilar keltiriladi.
Yirik shopping “Real”ga global brend sifatida shaklllanish imkonini berdi. Xalqaro muhlislarga baho berish bilan Peres o‘z o‘rni mahalliy muhlislarga bog‘liq ekanligini unutdi. 2006-yilda bir necha ta’sirli holatlar sabab Pers klubdan ketishga majbur bo‘ldi.
U kursiga 2009-yilga kelib qaytdi va Madridga Krishtiano Ronaldo, Kaka va Karim Benzemalar kelishdi. O‘shandan keyin klub aqlli xarajatlar bilan faoliyat yuritishni boshladi. Faqat ijtimoiy tarmoqlarda millionlar foydalanuvchilari bor o‘yinchilarni emas, maydonda haqiqiy foydasi tegadiganlarini olib kelish maqsad qilindi. Yulduzlarga pulni qoplari bilan berishdan ko‘ra, yoshlarga sarmoya kiritish foydali ekanligi tushunildi.
Aqlli yondashuv
Florentino Peres ispan matbuotiga Rodriges va Morato bilan xayrlashganlarini “Real” klubda kafolatlangan tajribani o‘tamagan o‘yinchilarni tarkibda ushlab qolmasligini aytdi. Bunda tushunish kerakki, “Real” tarkibi yulduzli bo‘lishni to‘xtatgani yo‘q, shunchaki undagi yulduzlar soni o‘zgardi.
Marketing maqsadida yulduzlarni taklif etishning juda katta zaruriyati yo‘q. Oxirgi ikki yil ichida “Real” yirik auditoriyaga ega global brendga aylanib ulgurdi.
Ha, futbol yulduzlari ham o‘zgardi. 1997-yildan 2007-yilgacha “Oltin to‘p”ni olgan 10 nafar futbolchidan 6 tasi “Real” o‘yinchilari edi. Krishtianoning marketing kuchu yetarli, Messi va Ronaldo qarama-qarshiligi esa “Barselona” va “Real”ning doimiy raqobatidek.
Persning biznes-uslubini izohlovchi boshqa qarash ham bor. Uni 80-yillarda “Real” akademiyasida tarbiyalangan o’yinchilarning 80-yillarning ikkinchi yarmiga borib yetakchilik qilishi ilhomlantirgan ham deyishadi.
Moliyaviy muvozanat
Transfer siyosatining kamxarjlashgani “Real”ning moliyaviy munosabatlariga xalaqit bermayotganidan tashqari unga ko‘mak ham bermoqda. Yaqinda klub 2016-yilgi buxgarteriya hisoblarini e’lon qildi. Soliqlardan qolgan daromad 21,4 million yevroni tashkil qilmoqda. Jamoa foydalari avvalgi yillarnikidan 8,8 foiz yuqorilagan.
20 foiz daromad kunlik matchlar – 129 million yevro, 37 foiz esa teleuzatishlardan kelgan. Lekin klubning asosiy daromadi (42 foiz) tijoriy hamkorlardan olinadi. Fly Emirates aviakompaniyasi 2022-yilgacha uzaytirilgan shartnomaga ko‘ra har yili asosiy homiy sifatida 70 million yevro to‘lab turadi.
Delloite Money Football League 2017 hisobiga ko‘ra, 2015/16 mavsum bo‘yicha “Real”ning daromadi 620,1 million yevro bo’lib, “Barselona”nikidan 100 000 yyevro kam ekan.
“Real” va “Barsa” xarajatlar uchun deyarli bir xil mablag‘ sarflashadi (500 million va 507 million yevro). Lekin, oxirgi mavsumlarda madridning jamoasi nisbatan muvaffaqiyatliroq odimlamoqda.
Maqola manbasi: www.likeit.uz