Ispaniyaning «PSJ» klubi vingeri Marko Asensio La Ligaga qaytish haqida o'ylamoqda. Bu haqda «Todofichajes» portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 28 yoshli vingerda Ispaniya chempionatida o'yinash uchun ikkita variant bor. Asensioga «Real Sosedad» va «Sevilya» qiziqish bildirmoqda.
Markoning frantsuz giganti bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar shartnoma majburiyatlari bor. Futbolchining transfer qiymati 20 million evroga baholanmoqda.