Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Isko muxlislar tomonidan Jerer Pikega uyushtirilgan bosim borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Afsuski, Ispaniya terma jamoasi bunday sinovni boshdan kechiryapti. Siyosat va futbolni aralashtirish kerak emas.
Pike jiddiy bosimga duch kelmoqda. U biz uchun qanchalik muhim o'yinchi ekanini terma jamoada barcha yaxshi biladi. U 15 yildan beri terma jamoada o'ynab kelmoqda. Uning milliy terma jamoaga sodiqligiga hech qachon shubha ostida bo'lmagan.
Insonlar hushtakbozlik qilishi va nima xohlasa shuni gapirishi mumkin. Pike buni to'g'ri qabul qilmoqda», – dedi Isko.