"Real Madrid" va Angliya terma jamoasi vingeri Jud Bellingem Germaniyadagi Evropa chempionatidan keyin tabassumini yo'qotganini tan oldi.
"Evrodan keyin tabassumimni biroz yo'qotdim... Menimcha, qilgan ishim bilan solishtirganda menga nisbatan adolatsizlik qilishdi. Balki o'zimni bir oz aybdordek his qilgandirman. Ammo umuman olganda, "Real Madrid"da tabassumimni yo'qotganim yo'q. Aslo yo'q", - deya Bellingem so'zlarini keltirmoqda AS.
Angliya terma jamoasi Evropa chempionati finaliga chiqdi va Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellingem Evropa chempionatida 7ta o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.